Farg‘ona shahrida avtomobil yuvish shoxobchasida qarovsiz qolgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona shahrida avtomobil yuvish shoxobchasida qarovsiz qolgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona shahrida fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2022 yil 14 sentyabr kuni noma’lum shaxs Beruniy mahalla hududida joylashgan avtomobil yuvish shoxobchasida qarovsiz qolgan jami 1.200.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.S va X.O sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!