Falastinliklar qamalda

Isroilning ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Tulkarm shahri va xuddi shu nomdagi qochqinlar lageriga hujumlari 47 kundan beri davom etmoqda.
Isroil armiyasi Tulkarm va qochqinlar lageriga qo‘shimcha kuchlar yubordi, u yerda qo‘shinlar falastinliklarning uylariga bostirib kirib, ularni majburan chiqarib yubormoqda, deb xabar berdi Falastin axborot agentligi WAFA.
34 kundan beri hujumlar davom etayotgan Nur Shams qochqinlar lagerida ham Isroil bo‘linmalari joylashgan. Askarlar o‘qotar qurollar va shovqinli bombalardan foydalanadilar. Hudud ustida dronlar uchmoqda va portlashlar eshitilmoqda.
Isroil ham harbiy nazoratni kuchaytirdi, Tulkarmga strategik kirish joylarida mobil nazorat punktlarini o‘rnatdi.
19-yanvar kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil va HAMAS o‘rtasida asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi. Biroq, 21-yanvar kuni Isroil armiyasi Jenin shahrida "Temir devor" deb nomlangan "operasiya" boshladi.
26 yanvarda hujumlar Tulkarmga, 2 fevralda esa El Faria qochqinlar lageriga va Tubasdagi Tamun qishlog‘iga tarqaldi. Bir haftalik janglardan so‘ng 8 fevral kuni Isroil qo‘shinlari Tamundan chekindi, biroq 9 fevral kuni Nur Shams lageriga hujum qildi.
G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda janglar boshlanganidan beri 930 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ulardan 168 nafari bolalar. 7 mingga yaqin kishi jarohatlangan.