Evropaning birinchi raqamli shahri nomi ma’lum bo‘ldi

Evropaning birinchi raqamli shahri nomi ma’lum bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi sayohat jurnali «Travel + Leisure»ning bu yilgi «Dunyoning eng yaxshilari mukofoti» tanlovida minglab odamlar Istanbulni eng yaxshi shahar sifatida tanladilar.

Bu haqda Turkiyaning Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyning Twitterdagi sahifasida e’lon qilindi.

Jurnal tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning so‘nggi uch yillik tajribasidan kelib chiqib, Istanbul 91,32 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi, ovoz berish 11 yanvardan 11 maygacha o‘tkazildi.

Istanbul Yevropadagi 39 shahar orasida birinchilikni egalladi. O‘zining cheksiz jozibasi bilan tarixning uchrashuv nuqtasi ekanligi hamda Topkapi saroyi va Ayasofiya kabi tarixiy joylarni o‘z ichiga olganligi haqida yozilgan maqolada, Istanbul aeroporti, Nishantoshi va Galataport kabi zamonaviy joylari maqtovlar bilan tilga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!