Evropadagi gaz zaxiralari endi rekord darajada emas

Evropadagi gaz zaxiralari endi rekord darajada emas

Evropadagi yer osti gaz omborlaridagi gaz zaxiralari endi rekord darajada emas, ular 94,39% gacha kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy axborot agentligi Gas Infrastructure Europe (GIE) hisobotiga tayanib yozmoqda.

Evropada yer osti gaz omborlarini to‘ldirish darajasi 6,3 foizga kamaydi. Ammo bu so‘nggi besh yildagidan 10 foizga yuqori. Dekabr oyida Yevropada yoqilg‘i zaxiralari 0,41 foizga kamaydi.

Noyabr oyida yevrohudud davlatlari sovuq havo sharoitida yer osti omborlaridan gaz olishni ko‘paytirishda davom etdi. 11 noyabr holatiga ko‘ra yoqilg‘i iste’moli 67 million kub metrga yetdi. Ammo quyish atigi 43 million kub metrni tashkil etdi. 24 noyabr holatiga ko‘ra, Yevropaning saqlash joylari 99,45 foizga to‘lgan. Gaz zahiralari 109,64 mlrd kub metrni tashkil etdi.

Evropada isitish mavsumi joriy yilning 7 noyabrida — bir yil avvalgidan bir hafta oldin boshlandi. Shu kundan boshlab yevrohudud davlatlari omborlardan 346 million kub metrdan ortiq gaz olib chiqib ketishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!