Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti Rossiya va Belarus bilan aloqani uzdi

Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti Rossiya va Belarus bilan aloqani uzdi

Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti Rossiya va Belarus bilan hamkorlik shartnomalarini uzaytirmaslik niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot juma kuni tarqatgan bayonotida aytiladi.

Shartnomalar muddati 2024 yilda tugaydi. Unda shuningdek, Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti “Ukrainadagi voqealar rivojidan kelib chiqqan holda har qanday zarur qarorlarni qabul qilishga tayyorligi” qayd etilgan.

Tashkilotning Rossiya bilan hamkorlik shartnomalari 2024 yilning dekabrida, Belarus bilan 2024 yilning iyunida tugaydi.

Joriy yilning mart oyida Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti rus armiyasi Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyaning kuzatuvchi maqomini to‘xtatishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!