Evropa Ukrainaga "Osmon qalqoni"ni taklif etdi

Guardian gazetasi xabar berishicha, G‘arb harbiy mutaxassislari Ukraina g‘arbining havo mudofaasini kuchaytirish maqsadida Yevropa Ittifoqining 120 ta qiruvchi samolyotini o‘z ichiga olgan Yevropa havo kuchlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan "Osmon qalqoni" (Sky Shield) nomli loyihani ishlab chiqishdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlarining sobiq rejalashtiruvchilari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlari bilan hamkorlikda yaratilgan.
Guardian iqtibos keltirgan hujjatda shunday deyiladi: "Sky Shield'ning asosiy maqsadi - Ukraina g‘arbidagi havo hududini qanotli raketalardan himoya qilishdir. Jalb etilgan jangovar samolyotlar Yevropa aerodromlarida joylashib, Ukraina harbiy-havo kuchlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi."
Loyiha tashabbuskorlari Ukraina harbiy-havo kuchlarining resurslarini ozod qilib, ularni mamlakat sharqiga yo‘naltirish imkoniyatini yaratmoqchi.