Evropa ligasi 2025/26: 1/8 final juftliklari va finalgacha bo‘lgan yo‘l aniqlandi
Evropa ligasida 1/8 final juftliklari va finalgacha bo‘lgan yo‘l aniqlandi.
Bugun bo‘lib o‘tgan qur’ada umumiy bosqichning eng yaxshi 8 jamoasi (saralanganlar) va o‘tish o‘yinlari g‘oliblari (saralanmaganlar) o‘z raqiblarini bilib olishdi.
Saralanganlar (Top-8): "Lion", "Aston Villa", "Midtyulland", "Betis", "Portu", "Braga", "Frayburg", "Roma".
Saralanmaganlar (O‘tish o‘yinlari g‘oliblari): "Genk", "Bolonya", "Shtutgart", "Ferensvarosh", "Nottingem Forest", "Selta", "Lill", "Panatinaikos".
1/8 final juftliklari:
-
"Bolonya" — "Roma"
-
"Genk" — "Frayburg"
-
"Ferensvarosh" — "Braga"
-
"Shtutgart" — "Portu"
-
"Panatinaikos" — "Betis"
-
"Nottingem Forest" — "Midtyulland"
-
"Selta" — "Lion"
-
"Lill" — "Aston Villa"
Musobaqa taqvimi:
Chorak finalga yo‘l olgan jamoalar finalgacha shakllangan turnir to‘ri bo‘yicha harakat qiladilar.
| Bosqich | Sanalar |
| 1/8 final | 12 va 19 mart |
| 1/4 final | 9 va 16 aprel |
| 1/2 final | 30 aprel va 7 may |
| Final | 20 may, Istanbul |
Eslatma: Klublar umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra egallagan o‘rinlariga muvofiq to‘rtta saralangan juftlikka (1 va 2, 3 va 4, 5 va 6, 7 va 8) bo‘lindi. Har bir saralangan juftlikdagi klublar 1/8 finalda o‘zlariga mos keluvchi o‘tish o‘yinlari g‘oliblariga qarshi bahs olib boradilar.
