Evropa komissiyasi Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini e’lon qildi

Evropa komissiyasi Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini e’lon qildi

Bu haqda boshqarma boshlig‘i Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

«Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz va Rossiyani uning shafqatsizligi uchun to‘lashga majbur qilamiz. Mavjud sakkizta sanksiyalar paketi allaqachon katta zarar keltirmoqda», deb yozdi u tvitterda.

Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, yangi paket quyidagi choralarni o‘z ichiga oladi:

📍Rossiyaning 200 ga yaqin fuqarolari va kompaniyalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. Bular Rossiya qurolli kuchlari, harbiylar, Davlat Dumasi a’zolari va hukumat xodimlari bilan bog‘liq kompaniyalar bo‘ladi.

📍Rossiyaning uchta bankiga, jumladan, Rossiya mintaqaviy taraqqiyot bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi.

📍Rossiyaning bir necha toifadagi tovarlari, xususan, ikki maqsadli tovarlar va elektronika eksportiga cheklovlar.

📍Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlar eksportini, shuningdek ularni Rossiyaga jo‘natishi mumkin bo‘lgan uchinchi davlatlarga eksport qilishni cheklash.

📍Rossiyaning to‘rtta kanalini ko‘rsatishga cheklovlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!