Evropa Ittifoqi Ukrainaga 10 milliard yevrodan ortiq makromoliyaviy yordam ajratishni taklif qildi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga 10 milliard yevrodan ortiq makromoliyaviy yordam ajratishni taklif qildi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga 10 milliard yevrodan ortiq miqdorda makromoliyaviy yordam taklif qildi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

“Biz ukrainaliklarning g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz... Biz 10 milliard yevrodan ortiq makromoliyaviy yordam taklif qildik, bu Yevropa Ittifoqi tomonidan uchinchi davlatga taqdim etilgan eng katta paket”, — deb post qoldirdi Lyayen o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 600 million yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordamning yangi transhini o‘tkazgan edi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Iqtisodiyot va Moliya vazirlari kengashi Ukrainadan Yevropa Ittifoqiga tovarlar importi bo‘yicha bojlarni vaqtincha bekor qilish to‘g‘risida kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!