Evropa Ittifoqi suv toshqinidan jabrlanganlarga 200 ming yevro gumanitar yordam ajratdi

Evropa Ittifoqi suv toshqinidan jabrlanganlarga 200 ming yevro gumanitar yordam ajratdi

Qozog‘istonning bir qancha viloyatlarida 117 mingdan ortiq odam jabrlangan yirik suv toshqinlari tufayli Yevropa Ittifoqi eng ko‘p jabrlangan oilalarga yordam berish uchun 200 ming yevro miqdorida gumanitar yordam ajratdi.

Qozig‘iston Qizil Yarim Oy Jamiyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida Yevropa Ittifoqining ushbu mablag‘i juda zarur bo‘lgan shoshilinch yordam, jumladan, matras va ko‘rpa-to‘shaklar, ko‘p maqsadli pul mablag‘lari va gigiyena materiallari kabi uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan ta’minlashga yo‘naltirildi.

“Keyingi uch oy davomida ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rgan 5000 kishiga yo‘naltiriladi. O‘z oilasini boqayotgan xotin-qizlar, nogiron yoki keksalar, uch nafardan ortiq farzandi bor oilalarga yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratiladi”, – deyiladi xabarda.

Moliyalash Yevropa Ittifoqining Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federasiyasining Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish fondiga umumiy hissasi hisobidan ajratildi.

Evropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar dunyodagi eng yirik gumanitar yordam donorlari hisoblanadi. Bu butun dunyo bo‘ylab muhtoj odamlarga Yevropaning sadoqatini aks ettiradi. Yordam odamlar hayotini saqlab qolish, insonlar azob-uqubatlarining oldini olish va engillashtirish, shuningdek, tabiiy ofatlar va texnogen inqirozlarga duchor bo‘lgan odamlarning mustaqilligi va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan.

Insonparvarlik yordami va fuqarolik muhofazasi departamenti ishining bir qismi sifatida Yevropa Ittifoqi har yili mojarolar va tabiiy ofatlardan jabrlangan milliondan ortiq kishiga yordam beradi. Bosh qarorgohi Bryusselda joylashgan, butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalariga ega Yevropa Ittifoqi insonparvarlik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda eng zaif guruhlarga yordam ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!