Evropa Ittifoqi HAMASning ikki harbiy amaldoriga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Evropa Ittifoqi HAMASning ikki harbiy amaldoriga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Evropa Ittifoqi 7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujumlarga javoban HAMASning ikki harbiy amaldoriga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashining Bryusseldagi bayonotida aytiladi.

"Evropa Ittifoqi Kengashi ikki shaxsni Yevropa Ittifoqining terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror Yevropa Ittifoqining HAMAS tahdidlariga, jumladan, 7- oktyabr kuni Isroilga qilingan ... hujumlarga javobining bir qismi sifatida qabul qilindi", deyiladi bayonotda. Ular orasida Falastin HAMAS harakatining jangari qanoti – Izziddin al-Qassam brigadasi rahbari Muhammad al-Deif va uning o‘rinbosari Marvan Issa ham bor edi”.

Sanksiyalar Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlash va agar ular topilsa, Yevropa banklaridagi barcha moliyaviy aktivlarni muzlatishdan iborat. Taqiqlovchi choralar e’lon qilingan kundan boshlab darhol kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!