Evrokomissiya Yevropa Ittifoqining 12 davlati Rossiya gazini yetkazib berishdan to‘liq yoki qisman bosh tortganini ma’lum qildi. Bu raqamni Yevropa Ittifoqining energetika bo‘yicha komissari Kadri Simson ma’lum qilmoqda, deya xabar beradi «Interfaks».
«Vaziyat o‘tgan kuz boshidan beri keskin edi, ammo Rossiyaning so‘nggi haftalardagi xatti-harakatlari xavflarni sezilarli darajada kuchaytirdi», dedi Simson.
Uning ta’kidlashicha, YEI davlatlari tomonidan ishlab chiqilgan inqiroz rejasi har soatda foydali bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi vakili o‘tgan hafta Yevropa davlatlari Isroil, Misr, Norvegiya va Ozarbayjon bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirganini qo‘shimcha qildi.
Simsonning so‘zlariga ko‘ra, may oyida suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha yana bir rekord o‘rnatildi – u 12,8 milliard kub metrga yetdi.
Iyun oyi boshida Germaniya rasmiylari iste’molchi gaz narxi uch baravar oshishi haqida ogohlantirgan edi. Germaniyaning Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Myullerning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Rossiya gazi yetkazib berish qisqarganidan keyin narxlar yana 50 foizga oshgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.