Evro—2024. Ispaniya Italiyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini naqd qildi

Evro—2024. Ispaniya Italiyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini naqd qildi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati 2-turida Ispaniya va Italiya o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ispanlar ko‘proq to‘pni nazorat qilgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham Ispaniya hujumkorlikni davom ettirdi. 55-daqiqaga kelib, bu hujumlar ish berdi. Ispanlarning hujumini italyan Kalafyori o‘z darvozasiga gol urib, yakunladi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va ispanlar yagona avtogol evaziga Italiyani mag‘lub etdi.

Guruhning boshqa bir o‘yinida Xorvatiya Albaniya bilan durang qayd etdi.


Evro—2024

2-tur

20 iyun, payshanba

Ispaniya – Italiya 1:0

Gol: 1:0 – 55 Kalafyori (avtogol).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!