Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida (8 marta) 32 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra, yetti bankka nisbatan jarima qo‘llanilgan.
Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 16 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish (1 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatiga olish (3 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir (8 ta) masalalar ko‘rildi.
Shu bilan birga, Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 16 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, shuningdek, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari ham muhokama qilindi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Shuningdek, 2 ta to‘lov tashkiloti va 2 ta to‘lov tizimi operatori tomonidan to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi sabab ogohlantirilgan. 4 ta tijorat banki xavfsizlikni ta’minlash va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish oldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.
Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.
Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.
Жанубий Корея парламенти ўтган ҳафтада мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этишга муваффақиятсиз уриниш қилган президент Юн Сок Ёлга импичмент эълон қилиш учун овоз берди, деб хабар бермоқда “Yonhap”.
Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.
Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.
Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.
Исроил ҳаво кучларининг Нусейрат қочқинлар лагерига уюштирган ҳужумида камида 25 фаластинлик ҳалок бўлди. Зарба АҚШ миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчиси Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришиш умидини билдирганидан бир неча соат ўтиб содир бўлган.