Etil spirti va qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Etil spirti va qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.G.” MCHJ tomonidan lisenziyasiz qonunga xilof ravishda 100 mln so‘mlik 5 000 litr texnik etil spirti muomalaga kiritish maqsadida olib kelinganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Shu kabi, Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, shahar hududida faoliyat yurituvchi 7 ta MCHJga qarashli savdo do‘konlarida jami 1 801 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (alkogol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!