Qayd etilishicha, Estoniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar, agar hozirda biometrik bo‘lmagan Rossiya xorijiy pasportidan foydalanayotgan bo‘lsalar, 2025 yil 30 sentyabrga qadar biometrik pasport olish uchun ariza topshirishlari shart.
Estoniya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada berilgan biometrik bo‘lmagan pasportlar ICAO (Xalqaro fuqarolik aviasiyasi tashkiloti) tavsiyalariga mos kelmaydi va xavfsizlikka oid turli tahdidlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, bunday pasportlar qaysi tashkilot tomonidan berilganini tez aniqlash imkonini bermacligi, bu esa tan olinmagan hududlarda berilgan hujjatlarni identifikasiya qilishni qiyinlashtirishi qayd etildi.
Shu sababli, bunday hududlarda berilgan Rossiya pasportlari bilan Shengen hududiga kirish mumkin emas.
Avvalroq Chexiya va Daniya ham xavfsizlik yuzasidan rossiyaliklarning biometrik bo‘lmagan pasportlarini tan olishni to‘xtatgan edi.
Ayni paytda Rossiyada va uning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ham biometrik, ham biometrik bo‘lmagan xorijiy pasportlar olish mumkin. Biometrik bo‘lmagan pasport arzonroq va tezroq tayyorlanadi, lekin xalqaro sayohat uchun cheklovlarga duch kelishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Россия АҚШ билан кенг кўламли келишув тузишга интилмоқда. Бу келишув Москванинг постсовет ҳудудидаги, жумладан Украинадаги таъсир доираларини тан олиш ҳамда Европадаги мавқеини мустаҳкамлашни ўз ичига олиши мумкин.
Мессенжер асосчисининг ўз каналида ёзишича, Telegram фақат жиноят содир этганликда гумон қилинаётган шахсларга оид IP-манзиллар ва телефон рақамларини ошкор қилган, бироқ шахсий ёзишмаларни эмас. Шаҳсий ёзишмалар ҳеч кимга ва ҳеч қачон ошкор этилмаган.
Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.
Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.