Ertaga O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Ertaga O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Magnit bo‘roni aloqa, elektr tarmoqlari, navigasiya tizimi bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quyosh chaqnashlari tufayli hosil bo‘lgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab bo‘ladi.

Bundan surunkali xastaliklarga chalingan, o‘rta va katta yoshli insonlar, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan yoki miokard infarkt, insultni boshdan o‘tkazgan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!