Ertaga, 13 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
“O‘zgidromet” 13 yanvar, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.