Eronlik sportchilarni o‘z vatandoshlari Parij Olimpiadasidan chetlashtirishni talab qilmoqda

Bir guruh faollar va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori eronlik Shirin Ebadiy eronlik sportchilarni 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirishni talab qilmoqda.
AFP xabariga ko‘ra, murojaat Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga (XOQ) yuborilgan. Faollarning fikricha, Eron Olimpiya Xartiyasi qadriyatlarini hurmat qilmaydi, chunki mamlakatda ayollarning sport bilan shug‘ullanish huquqi buzilgan.
2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)