Erondagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1167 nafarga yetdi

Erondagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1167 nafarga yetdi

Eron shimoli-g‘arbidagi G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 1167 nafarga yetdi. Bu haqda ISNA axborot agentligi viloyat gubernatori Muhammad Sodiq Mutedemyanga tayanib xabar berdi.

Rasmiyga ko‘ra, viloyatning 70 ta aholi punktida zilzila oqibatida binolarning 20-50 foizi vayron bo‘lgan.

Er silkinishlari Xoy shahrida 28 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 21:44 da qayd etilgan. Bu haqda Eron tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish departamenti saytida e’lon qilingan ma’lumotlardan kelib chiqadi. Zilzila manbai 6,49 km chuqurlikda joylashgan.

Bir kun avval Eron Favqulodda vaziyatlar departamenti rahbari Mujtaba Xolidiy tabiiy ofat oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani va 973 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!