Erondagi avtofalokatda 11 migrant halok bo‘ldi

Erondagi avtofalokatda 11 migrant halok bo‘ldi

Eron janubi -sharqidagi Sistan va Balujiston viloyatlarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi va 49 kishi jarohatlandi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Voqea dushanba kuni Xash va Saravan o‘rtasidagi avtomagistralda sodir bo‘lgan, ikki mashina ag‘darilib ketgan. Aytilishicha, qurbonlarning barchasi Eron markaziga yetib borishga uringan noqonuniy migrantlardir.

Jabrlanganlarning millati aniqlanmagan.

Sistan va Balujiston provinsiyasi Pokiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh. Afg‘onistonlik migrantlarning katta qismi Eronga shu hudud orqali kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!