Eron «urushdan qo‘rqmasligini» e’lon qildi

Eron «urushdan qo‘rqmasligini» e’lon qildi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Aragchining aytishicha, Tehron urushdan qo‘rqmaydi, lekin bunga intilmaydi ham.

Eron vazirining aytishicha, Tehron BMT Nizomining 51-moddasiga asosan o‘zining qonuniy mudofaa huquqidan foydalangan va hujum maqsadi «faqat harbiy bazalar» bo‘lgan. U «har qanday uchinchi tomon»ni bu mojaroga aralashishdan ogohlantirdi.

«Operasiya nihoyasiga yetdi, ammo sionistik rejim javob qaytarishga harakat qilsa, bizning javobimiz yanada qattiqroq bo‘ladi. Eron urushdan qo‘rqmasada, keskinlik va urushni kuchaytirishga intilmayapti», — deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!