2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida avtomobillarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.
Mazkur davrda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobillarning o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, mahalliy lyuks va elektromobillarnring narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Mahalliy ommabop avtomobillarning narxlari. Joriy yilning noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktyabr oyidagiga nisbatan:
- "Onix": o‘rtacha foydalanilgan - 4.8%ga ($14 600 dan $13 900 ga) , kam foydalanilgan - 5,4%ga ($14 900 dan $14 100 ga);
- "Lacetti": o‘rtacha foydalanilgan - 1.4%ga ($14 700 dan $14 500 ga), kam foydalanilgan - 1,1%ga ($15 200 dan $15 031 ga);
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
- "Spark": o‘rtacha foydalanilgan - 0.8%ga ($10 485 dan $10 400 ga);
- "Labo": o‘rtacha foydalanilgan - 2.4%ga ($8 300 dan $8 100 ga);
- "Damas": o‘rtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($8 200 dan $8 125 ga), ko‘p foydalanilgan - 1%ga ($7 600 dan $7 527 ga) arzonlagan.
Mahalliy lyuks avtomobillarning narxlari. Mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan "Malibu"avtomobilining o‘rtacha narxlari mos ravishda 3,0% ($30 100 dan $31 000 ga) va 1,7%ga ($29 000 dan $29 500 ga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan “Equinox” ning o‘rtacha narxi 1.9%ga ($27 000 dan $26 500 ga) tushdi. Shuningdek, "Tracker" narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.
Elektomobillarning narxlari: Joriy yilning noyabr oyida o‘rtacha foydalanilgan BYD "Han" va BYD "Yuan Up" elektromobillarining o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,6% ($36 500 dan $35 900 ga) va 2,4%ga ($21 000 dan $20 500 ga) pasaygan bo‘lsa, yangi BYD "E2" elektromobili 3,1%ga ($16 700 dan $17 216 ga) qimmatlashdi. BYD "Song Plus EV Chempion"ning narxi deyarli o‘zgarmadi (yangi - $29 000, o‘rtacha foydalanilgan - $26 600).
Xorijiy lyuks avtomobillarning narxlari. Hyundai "Elantra" va Kia "Sportage" rusumli kam foydalanilgan avtomobillarning o‘rtacha narxlari mos ravishda 2,2% ($23 000 dan $22 500 ga) va 1,5%ga ($32 500 dan $32 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani esa 1,6%ga ("Elantra" - $22 000 dan $21 650 ga va Kia "Sportage" - $31 500 dan $31 000 ga) pasaydi. Shuningdek, ko‘p foydalanilgan Kia "K5" va Kia "Sportage" avtomobillar ham mos ravishda 1,2% ($26 300 dan $25 990 ga) va 3,4% ga ($31 000 dan $29 950 ga) arzonlashgan bo‘lsa, Hyundai "Tucson" (ko‘p foydalanilgan - $25 000, kam foydalanilgan - $33 000), Hyundai "Santa FE" (ko‘p foydalanilgan - $35 000, kam foydalanilgan - $45 900) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
➖ 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
➖ 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar -“O‘rtacha foydalanilgan”;
➖ 2023-2024 yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.
Avtomobillarning narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta ma’lumot asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi.