Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga tashrif buyuradi

Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga tashrif buyuradi

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxonning Rossiyaga tashrifi bo‘lib o‘tadi, ammo ushbu tashrif qachon bo‘lib o‘tishi aniq emas. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.

"Hozirda biz turli sanalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Tashrif bo‘lib o‘tadi, aniq sanalar yo‘q, u bekor qilinmadi, balki qoldirildi", - dedi Rudenko tegishli savolga javob berar ekan.

Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining muzokaralari 17 yanvar kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Keyinroq Rossiya TIV muzokaralar tomonlar kelishuviga ko‘ra boshqa kunga ko‘chirilganganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!