Eron terma jamoasi futbolchilarning xavfsizligi ta’minlangan taqdirdagina futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda mamlakat sport vaziri Ahmad Dunyamoliy ma’lum qildi.
“Agar AQShda milliy terma jamoa o‘yinchilarining xavfsizligi kafolatlanadigan bo‘lsa, biz Jahon chempionatiga boramiz. Bizning professional vazifamiz — milliy terma jamoani Jahon chempionatiga tayyorlash. Biroq musobaqada qatnashish bo‘yicha yakuniy qaror hukumat hamda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilinadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.
13 mart kuni Dunyamoliy Eron tomoni 2026-yilgi Jahon chempionatidagi milliy terma jamoa o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni istayotgani va bu borada Mexiko shahri rasmiylari bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan edi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumning ma’lum qilishicha, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCH-2026 guruh bosqichida Eron terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar manzilini o‘zgartirmaslikka qaror qilgan.
So‘nggi haftalarda Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki atrofida turli xabarlar tarqaldi. Dastlab mamlakat sport vaziri jamoa turnirda qatnashmasligini e’lon qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj bu ma’lumotni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron boykot niyatida emas, aksincha, FIFA bilan o‘yinlarni Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib borgan.
Eron terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini AQSh hududida o‘tkazishi belgilangan. Biroq fevral oyi oxirida AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagani hamda Tehronning bunga javob zarbalari vaziyatni keskinlashtirib yubordi.
Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi “B” guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.
Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.