Eron Qora dengiz yo‘lagidan don tashishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi

Eron Qora dengiz yo‘lagidan don tashishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxiyon ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali suhbatlashganda Tehron Qora dengiz yo‘lagidan don tashishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

"Eron Islom Respublikasi bilan Ukraina munosabatlari 30 yildan buyon har doim do‘stlik, hurmat, o‘zaro manfaatdorlik va hamkorlikka asoslanib kelgan. Shunday ekan, biz Qora dengiz yo‘lagidan don tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim doirasida ishtirok etishga tayyormiz", – deya keltiradi vazirning gaplarini IRNA agentligi.

Bundan tashqari, Eron tashqi siyosat idorasi rahbari Kulebani Tehronga taklif qilgan.

Abdullaxiyonning qo‘shimcha qilishicha, Tehron RF bilan Ukraina o‘rtasida yuz bergan inqiroz ildiziga e’tibor berar ekan, harbiy harakatlarga qarshi ekanini bildirgan va urush muammoni hal etish uchun maqbul yechim emasligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!