Eron hukumati mamlakatdagi noroziliklarni bostirish uchun xorijiy shia jangarilaridan foydalanmoqda
Farda radiosi: Eron hukumati mamlakatdagi noroziliklarni bostirish uchun xorijiy shia jangarilaridan foydalanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi noroziliklarni bostirishda Afg‘onistondan “Fatimiun”, Pokistondan “Zeynibiun” shia guruhlari va Iroqdagi qurolli guruhlar ishtirok etmoqda.
Jurnalistlarning bildirishicha, ushbu guruhlar Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi tomonidan boshqa mamlakatlarga kirish, “Oyatulloh rejimi” manfaatlarini ilgari surish uchun tuzilgan bo‘lib, Tehron tomonidan doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlanadi.
Farda radiosining Iroqdagi manbasi Eronga “Kataib Hizbulloh”, “An-Nujaba”, “Kataib Sayyid ash-Shuhada” va boshqa guruhlar a’zolari ham kelayotganini ma’lum qildi. Bu ma’lumotni Iroq bosh vazirining sobiq o‘rinbosari matbuot kotibi Antifad Kunbar ham tasdiqlagan.
"Guvohlar ziyorat bahonasida bir guruh yoshlarning Eron hududiga o‘tishi bilan bog‘liq bir necha holatlar haqida xabar berishdi. Ular odatdagidan farqli o‘laroq, sayyohlik kompaniyalarining logotiplari bo‘lmagan avtobuslarda kelishgan. Yo‘lovchilar yoshlardan iborat bo‘lib ularga ota-onalari hamroh bo‘lishmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtobuslarning Eronga kirishi bir nechta o‘tish joylarida, jumladan, Sholmcha va Zurbatiyada qayd etilgan", — degan Antifad Kunbar.
