Eron har kuni Rossiyadan 9 mln kub.m gaz sotib oladi

Eron har kuni Rossiyadan 9 mln kub.m gaz sotib oladi

Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) “Gazprom” bilan shartnomalar doirasida har kuni 9 mln kub.m gaz sotib oladi. Bu haqda “Fars” nashri Eron neft vazirligi hisobotiga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, gaz Ozarbayjon hududi orqali yetkaziladi. Shuningdek, Eron boshqa mamlakatlarga aylanma ta’minot uchun kuniga 6 mln.kub.m gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.

19 iyul kuni Eron birjasida Eron riali-Rossiya rubli juftligi savdolari boshlandi va “Gazprom” islom respublikasida qiymati 40 milliard dollarlik yangi loyihalarni e’lon qildi.

20 iyul kuni “Gazprom” Eron Milliy neft kompaniyasi bilan hamjihatlik memorandumini imzoladi. Avgust oyida Eron Rossiya bilan gaz almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzolanganini e’lon qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!