Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasini Kahramanmarashdan Toshkentga qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasini Kahramanmarashdan Toshkentga qaytarish choralari ko‘rilmoqda

O‘zbekistonning 14ta futbol klubidan tashqari, bir qator sport turlari bo‘yicha turli yoshdagi milliy jamoalar ham hozirda Turkiyada bo‘lib turibdi.

«Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasi Turkiyaning Kahramanmarash shahrida 3-6 fevral kunlari o‘tishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq mazkur hudud ayni paytda episentr markaziga aylanib qoldi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi yordami bilan sportchilarimizni Anqara shahriga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda. Shundan so‘ng milliy jamoamiz Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizga qaytib keladi. Hozirda sportchi va murabbiylarning barchalari sog‘-salomat», - deyiladi MOQ xabarida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev bugun Istanbulga jo‘nab ketgan. U yosh sportchilarimizning O‘zbekistonga eson-omon qaytib kelish ishlariga boshchilik qiladi.

Shuningdek, velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Alaniya, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz esa Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. Zilzila ushbu hududlarga katta ta’sir o‘tkazmagan va mashg‘ulotlar reja asosida davom etyapti.

Ma’lumot uchun, mamlakatimizning «Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», OKMK, «Qizilqum», «So‘g‘diyona», «Olimpik», «Neftchi», «Bunyodkor», «Surxon», «Andijon», «Buxoro», «Turon» va «Lokomotiv» jamoalari Turkiyada yangi mavsumga taraddud ko‘rmoqda.

Avvalroq, Turkiyada zilzila qurbonlari 1541 nafarga, jarohatlanganlar esa 9733 nafarga yetdi. 3471 ta binoga zarar yetdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!