Erdo‘g‘on Zelenskiy bilan Kaxovka GESida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xalqaro komissiya tuzish g‘oyasini muhokama qildi

Erdo‘g‘on Zelenskiy bilan Kaxovka GESida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xalqaro komissiya tuzish g‘oyasini muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zining ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Kaxovka GESining vayron bo‘lishini tekshirish bo‘yicha xalqaro komissiya tuzish g‘oyasini muhokama qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyatida ma’lum qilindi.

“Telefon muloqoti chog‘ida Erdo‘g‘on urushayotgan tomonlar, BMT va Turkiya ekspertlari ishtirokida xalqaro komissiya tuzish g‘oyasini bildirdi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida.

Xerson viloyatida Kaxovka GESidagi portlashdan keyin suv toshqini tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!