Erdo‘g‘on Turkiyada Rossiya bilan hamkorlikda gaz xabi tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on Turkiyada Rossiya bilan hamkorlikda gaz xabi tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan boshlangan gaz xabi loyihasini amalga oshirishda hali ham qat’iy ekanini aytdi.

“Biz Turkiyaning xalqaro markaz sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaymiz”, — deya Erdo‘g‘onning so‘zlarini keltiradi “TASS”.

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rahbari o‘z tabriknomasida Turkiyada Frakiya mintaqasida xab tashkil etilganini qayd etgan.

“Biz buni ular bilan qilamiz. Frakiyada esa markaz bo‘ladi”, — dedi Erdo‘g‘on.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!