Erdo‘g‘on partiyasi yetakchiligidagi ittifoq saylovlarda parlamentdagi 600 o‘rindan 323 tasini qo‘lga kiritdi

Erdo‘g‘on partiyasi yetakchiligidagi ittifoq saylovlarda parlamentdagi 600 o‘rindan 323 tasini qo‘lga kiritdi

Prezident Toyyib Erdo‘g‘onning Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) yetakchiligidagi Respublikachilar ittifoqi Turkiyaning yangi parlamentida 600 o‘rindan 323 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Turkiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Axmet Yener bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“28-chaqiriq parlament tarkibi bo‘yicha 14-may kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishning yakuniy natijalari komissiya tomonidan tasdiqlanib, rasmiy gazetada e’lon qilish uchun yuborildi”, dedi u.

Unga ko‘ra, ittifoqning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi 268, “Yangi farovonlik” partiyasi – 5, Millatchi harakat partiyasi – 50 o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Shu bilan birga, ovoz berish natijalariga ko‘ra, Respublika Xalq partiyasi 169, Yaxshi partiya 43 o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!