Erdo‘g‘on Isroilning Somaliland mustaqilligini tan olish qarorini qoraladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Isroilning Somaliland mustaqilligini tan olish qarorini qabul qilib bo‘lmaydi, dedi.
Erdo‘g‘on bu haqda Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
"Bentyamin Netantyaxu hukumati G‘azo, Livan, Yaman, Eron, Qatar va Suriyaga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng, bu Afrika davlatida nifoq urug‘lantirmoqchi. Mintaqaviy davlatlar, birinchi navbatda Misr va Saudiya Arabistoni, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab Ligasi Isroilning qarorini rad etdi. Bu Turkiya uchun ustuvor ahamiyatga ega", - deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.
U, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Vashington Isroil yetakchiligidan keyin Somalilandni tan olish niyatida emasligi haqidagi bayonotini esladi.
Turkiya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, Somali bilan bog‘liq barcha qarorlarda xalqning xohish-irodasi inobatga olinishi kerak.
Hasan Shayx Mahmud Erdo‘g‘anga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi: "Somalining hududiy yaxlitligi tahdid ostida bo‘lgan bir paytda Turkiya yonimizda turdi. Biz ham Somalini bo‘linishdan himoya qilib, kuchli davlatga aylantirmoqchimiz".
U o‘z nutqida Isroilning Somalini tan olganini ham qoraladi.
