Erdo‘g‘on g‘alaba qozondi: Turkiya iqtisodiyoti bilan endi nima bo‘ladi?

Erdo‘g‘on g‘alaba qozondi: Turkiya iqtisodiyoti bilan endi nima bo‘ladi?

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on g‘alaba qozondi.

Yana besh yillik muddatga saylangan Erdo‘g‘on foiz stavkalarini past darajada ushlab turish siyosatini davom ettirsa, turk lirasi yil oxirigacha yana 29 foizga tushib ketish xavfi bor.

Morgan Stanley tahlilchilari tomonidan e’lon qilingan maqolada lira bir dollar uchun kutilganidan tezroq 26 ga yetishi va yil oxirigicha 28 ga yaqinlashishi mumkinligi qayd etilgan.

Ayni paytda Turkiya valutasi 1 dollar uchun 20 lira atrofida bo‘lib turibdi. 2018 yilda 6 lira edi.

Erdo‘g‘on foiz stavkalariga nisbatan noan’anaviy yondashadi. Uning fikricha, pastroq stavkalar inflyasiyaning pasayishiga olib keladi.

U so‘nggi yillarda asosiy stavkani ko‘tarishga uringan bir qancha Turkiya Markaziy banki raislarini ishdan bo‘shatgandi.

Erdo‘g‘onning maxsus tartib-qoidalari va iqtisodiyotga doimiy aralashuvi ortidan Turkiya investorlar uchun jozibadorligini yo‘qotdi.

Turk aksiyalari va obligasiyalariga egalik qiluvchi chet elliklar 2013 yildan beri qariyb 85 foizga kamaydi.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!