Erdo‘g‘an: Turkiyada koalisiya hukumatlari davri abadiy yopiq

Erdo‘g‘an: Turkiyada koalisiya hukumatlari davri abadiy yopiq

Turkiyada 14 va 28 may kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlar xalqning prezidentlik boshqaruv tizimiga ishonchini yana bir bor namoyish etdi. Bu haqda chorshanba kuni Anqarada nutq so‘zlagan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytdi.

Turkiya rahbari har 3-5 oyda Turkiya Vazirlar Mahkamasi tarkibi o‘zgarib turadigan koalisiya hukumatlari davri bir marta va butunlay yopilganini ta’kidladi.

“Zamonaviy Turkiyadagi demokratiya darajasi dunyoning ko‘plab davlatlari orzu qilgan darajaga yetdi. Mamlakatimiz har tomonlama rivojlanib bormoqda. Belgilangan barcha maqsadlarga erishilmaguncha, biz to‘xtamaymiz. Buning uchun hokimiyatning har uch tarmog‘i ishining uyg‘unligi juda muhim”, — dedi davlatimiz rahbari.

Davlat rahbari xalqaro maydondagi inqirozlarga qaramay, Turkiya iqtisodiyoti oxirgi yillarda yiliga o‘rtacha 5,5 foiz o‘sganini eslatdi.

Erdo‘g‘an, “Turkiyaning 100 yilligi” konsepsiyasi tufayli bundan ham ta’sirchan natijalarga erishilishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!