Erdog‘an: “Musulmon bo‘lganimiz uchun Yevropa Ittifoqiga qabul qilishmas ekan”

Erdog‘an: “Musulmon bo‘lganimiz uchun Yevropa Ittifoqiga qabul qilishmas ekan”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarga to‘xtalib o‘tdi.

Turkiyani (Evropa Ittifoqiga) nega olmayapsizlar, deb so‘rasak, aholingiz 82 million deyishadi. Aholimiz ko‘p, dedi prezident. Asl niyatlarini aytishsin, ochiq aytishmaydi. Lekin bir paytlar Fransiya tashqi ishlar ishlar vaziri shaxsan menga aytgan edi. Nima deganini bilasizmi? Sizlar musulmonsizlar, Yevropa Ittifoqiga olishmaydi, dedi .

Erdog‘an Yevropa Ittifoqining o‘zida muammolar borligini ta’kidlab, misol tariqasida Brekzitni tilga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!