Erdog‘an: 28-may kuni rekord miqdordagi ovoz olamiz

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 28-may kuni saylovga boradigan saylovchilarga xitob qilib, “Umid qilamanki, 28-mayni sevimli xalqimizning irodasi va qo‘llab-quvvatlashi bilan, rekord ovoz bilan yakunlaymiz." deb yozdi.
Erdo‘g‘an o‘z postida quyidagi bayonotlarni berdi:
“28 may kuni saylovga boradigan barcha aka-uka va opa-singillarimdan o‘zlariga shu savollarni chin dildan berishlarini so‘rayman, saylov oldidan tekinga uy va’da qilib, keyin zilzila qurbonlarini uylaridan haydab chiqarishga uringanlar hurmatga sazovor bo‘ladimi? Na byurokratik, na siyosiy hayotida vatanga foydasi tegmagan odam bu millatga foyda keltiradi.17-25-dekabrda FETO a’zolari bilan muomala qilganini o‘z og‘zi bilan tan olgan odamga ishonish mumkinmi? deyiladi ijtimoiy tarmoqda.