Er uchastkalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalangan va egallab olgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Er uchastkalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalangan va egallab olgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Muqaddam ommaviy axborot vositalarida, shu yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabarlar berilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin yerlarining ajratilishi va foydalanilishi ahvoli hamda sohada qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilingan.

Xususan, yig‘ilishda zaxiraga olingan yer maydonlarini ajratishning ochiq va shaffof tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmagani, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ajratilgan yer maydonlari maqsadsiz ishlatib kelinayotgani, bu esa turli suiiste’molchiliklarga, ekin maydonlarining egasiz qolib, hatto yo‘qotilishiga olib kelayotganligi aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi tasdiqlangan. Konsepsiyada qishloq xo‘jaligi yerlarida, suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish hamda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integrasiyasini jadallashtirish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olingan.

Jumladan, Konsepsiyada qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan. Konsepsiya ijrosi yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilib, bu turdagi huquqbuzarlik uchun jazo tizimi bir qancha kuchaytirildi va sudlar tomonidan bu turdagi ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

Toshloq tuman ma’muriy sudining raisi A.Akramovning "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi tomonidan I.Abdullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 60-moddasining 1-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, 2020 yil 22 yanvar kuni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring tekshirishida, I.Abdullayev Toshloq tuman “Arabboy To‘xtaboyev saxovati” MMTP hududida joylashgan “G‘ulomjon Mashrab o‘g‘li” fermer xo‘jaligi hisobidagi 254-sonli konturidagi yer maydonining 0,30 gektar qismini tomorqa qilib olib, o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelgani aniqlangan.

Sudning qarori bilan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 60-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida 1 115 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Ushbu holatda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelingan yer maydonining qonuniy egasiga qaytarilishi ta’minlangan.

Shuningdek, tuman sudi tomonidan 2020 yil 6 fevral kuni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi tomonidan G‘.Mirzayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 601-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, 2020 yil 27 yanvar kuni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring tekshirishida, G‘.Mirzayev Toshloq tuman “G‘ulomjon Mashrab o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilib kelib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40,79,90-moddalari talablariga zid ravishda, fermer xo‘jaligi hisobidagi 254-sonli konturidagi yer maydonining 0,3 gektar qismini boshqa fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmagani aniqlangan.

Sudning qarori bilan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 601-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida 4 460 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, tuman sudi tomonidan 2020 yil 10 fevral kuni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi tomonidan X.Mirzakarimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 60-moddasining 2-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, 2020 yil 20 yanvar kuni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring tekshirishida, X.Mirzakarimov O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 90-moddasi talablariga zid ravishda, Toshloq tuman “SAIDBEK SARDORBEK FAYZ” fermer xo‘jaligi hisobidagi 96-sonli konturdagi yer maydonini 0.01 gektar qismini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, bino-inshootlar qurib olgani aniqlangan.

Sud majlisi davomida noqonuniy qurib olingan bin-inshootlar X.Mirzakarimov tomonidan buzib tashlanib, yer maydoni bo‘shatilgani hamda ish bo‘yicha yetkazilgan 354 445 so‘m moddiy zararni to‘liq to‘lab berilgani sababli, sudning qarori bilan unga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari MJtK 271-moddasi 1-qismining 10-bandiga asosan tugatilib, X.Mirzakarimov javobgarlikdan ozod qilindi.

Yuqorida bayon etilganlarni inobatga, jismoniy va yuridik shaxslar yerdan foydalanishda eng avvalo qonunda nazarda tutilgan asoslarda harakat qilishlari, har qanday buzilgan huquqlarini faqatgina qonuniy tartibda sud orqali tiklashga urinishlari kelgusida ko‘ngilsiz voqealar markazida bo‘lishlarini oldini oladi. Vaholanki, bu munosabatlarning barchasi qonun bilan tartibga solingan.

 


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

2005 yilda tug‘ilgan braziliyalik qiz UFC bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

19 ёшли бразилиялик Элис Перейра аралаш яккакурашлар оламидаги энг нуфузли ташкилот — UFC билан шартнома имзолади.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati

.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

G‘arb Rossiyadan sanksiyalarni AQShga ko‘chirishni taklif qildi

Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.

Mayk Taysonning rekordini yangilagan, qariyb bir hafta oldin jang qilgan chempion bokschi 35 yoshida vafot etdi

Бу ҳақда америкалик менежер, қўшиқчи Ne-Yo маълум қилди.

Bosqinchi Isroil chekindi

Сурия Ички ишлар вазирлиги бир қатор аҳоли пунктларидан босқинчи исроил аскарлари олиб чиқиб кетилганини тасдиқлади.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Har bir bola uchun bir million rubl mukofot!

Туғилиш даражаси пасайиб бораётган бир пайтда русларга ҳар бир бола учун бир миллион рубль таклиф қилинди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Alisher Qodirov G‘ayrat Do‘stovni tanqid qildi: "Bayramni surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku"

Депутат Алишер Қодиров метан заправка фаолиятини танқид қилган ва натижада жавобгарликка тортилган, айни дамда такрор суди бўлаётган Ғайрат Дўстовни танқид қилди.

Qozog‘iston Prezidenti lavozimidan muddatidan oldin ketadimi?

Тўқаев журналистнинг БМТга раҳбарлик қилиш режалари туфайли 2026 йилда Қозоғистонда муддатидан олдин президентлик сайлови ўтказилиши ҳақидаги миш-мишларга изоҳ бериш сўровига шу тарзда жавоб берган.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Yahyo Sinvar "Yil odami" unvoniga sazovor bo‘ldi

Унинг фидойилиги ва Фаластинни озод қилиш учун кураши, уни араб дунёсида қаршилик ва бирлик рамзи даражасига кўтарди.

Qozog‘istonda yirik yo‘l-transport hodisasi: qurbonlar soni ortib bormoqda

Оммавий авария қурбонлари сони 20 нафарга етди

Аэропортда самолётни ўт ўчириш ва тез ёрдам хизматлари кутиб олди.

Falastin vakili BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida yig‘ladi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Husiylar Isroilga qarshi muvaffaqiyatli zarba berganini da’vo qilmoqda

Бу ҳақда ҳусийлар вакили Яҳё Сария маълум қилди, дея хабар беради “Ал-Масираҳ” .

AQSh Xitoy kompaniyasini kiberhujumlarda ayblab, unga qarshi sanksiyalar kiritdi

Бу ҳақда бошқарма сайтида хабар берилган .

Tailandda ispaniyalik turist fil hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Испаниялик турист Таиландда фил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди.

15 yoshli «haydovchi» yo‘lovchining boshiga yetdi

Бухоро вилояти, Когон туманидаги Туткунда маҳалласи ички автомобиль йўлида 15 ёшли «ҳайдовчи»нинг ноқонуний хатти-ҳаракати оқибатида 32 ёшли фуқаро оғир тан жароҳати олган.

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e’lon qildi

Яманнинг “Ансор Аллоҳ” ҳаракатининг ҳусий жангарилари Тел-Авив ҳудудидаги электр станциясига муваффақиятли зарба берганини эълон қилди.

Яқинда Пентагон АҚШ Конгрессига тақдим этилган ХХРнинг ҳарбий қудрати ҳақидаги йиллик ҳисоботини эълон қилди.

Davlatni boshqarishning parlament tizimi, albatta, yashashga haqli, biroq u sobiq ittifoq mamlakatlariga hozircha naf keltirgan emas — Qozog‘iston prezidenti

Қосим-Жўмарт Тўқаев бундай фикрни Ана тили газетасига берган интервюсида билдирди.

Qozog‘istonda 40dan ortiq avtomobil to‘qnashdi

Воқеа жойида полиция ва фавқулодда вазиятлар хизмати ходимлари ишламоқда.

2024 yilda Pokistonda qancha ayol “nomus qotilliklari” qurboni bo‘lgani aytildi

Бу жиноятларнинг кўпчилиги айниқса, Синд ва Панжоб вилоятларида қайд этилган.

Saudiya Arabistonida Eronning olti nafar fuqarosi qatl qilindi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги Саудия Арабистонининг Теҳрондаги элчиси Абдуллоҳ бин Сауд ал-Анезийни чақириб, унга содир этилган қатллар муносабати билан “кескин иборалар” билан норозилик нотасини топширган.

2025 yilda o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan yetti osmon hodisasi

Тўлиқ Ой тутилиши 7 сентябрь куни содир бўлади, Ўзбекистоннинг деярли барча ҳудудларида тўлиқ бўлиб, узоқ вақт давом этади.

Asad rejimi ag‘darilganidan keyin 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytdi

Бу ҳақда Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Қочқинлар бўйича Олий комиссарлиги бошқармаси маълум қилди.

Buxoroda 12 yoshli qizning 4 oylik homilasi borligi ma’lum bo‘ldi

Қиз Бухоро шаҳар перинатал марказига ётқизилган.

Isroilning G‘azo markazidagi havo hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Соғлиқни сақлаш расмийларининг айтишича, ҳалок бўлганлар ва жароҳатланганлар орасида болалар ва аёллар ҳам бор.

20 dan ortiq Xitoy samolyotlari Tayvan hududiga yaqinlashgan

Бу ҳақда Тайван мудофаа вазирлиги Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini e’lon qildi

Туркия Украинада зудлик билан ўт очишни тўхтатиш тарафдори , деди мамлакат ташқи ишлар вазири Ҳоқон Фидан .

Ma’lum bo‘lishicha, Bayden Eron yadro inshootlariga zarba berishni muhokama qilgan

АҚШ президенти Жо Байден ўз жамоаси билан Эрон ядровий иншоотларига зарба беришни муҳокама қилди . Бу ҳақда Ахиос портали хабар бермоқда .

Slovakiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishini to‘sib qo‘yishga chaqirdi

Бу чақириқни Европарламентнинг словакиялик депутати Лубос Блага ўзининг Телеграм- каналида қилди .