Er maydonlarini noqonuniy sotilishining oldi olindi

Er maydonlarini noqonuniy sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.U. va B.V. o‘zaro til biriktirib, “T.T.” MCHJga issiqxona qurish uchun uzoq muddatga ajratilgan yer maydonining 1,8 gektarini fuqaro E.M.ga firibgarlik yo‘li bilan 300 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilishib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar Oltinko‘l tumanidagi “R.K.” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 sotix yer maydonini fuqaro F.T.ga turar-joy qurish uchun 55 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.R. va A.K. fuqaro A.Q.ga Quvasoy shahri hududidan 8 000 AQSh dollari evaziga 9,6 sotix yer maydonini turar-joy sifatida rasmiylashtirib olib berishlarini aytib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!