Eng barakali nikoh qaysiligini bilasizmi?

Eng barakali nikoh qaysiligini bilasizmi?

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:

Bugungi kunda nikoh va to‘y ishlarini ancha kattalashtirib yubordilar. Buni bizga dinimiz buyurmagan. Balki bularning barchasi dindan uzoqlik natijasidir.

Islomda oddiy va kam xarajat to‘y xush ko‘rilgandir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 

إن أعظم النكاح بركة أيسره مؤنة 

Ya’ni: “Eng barakali nikoh (mahr va xarajatlari) yengil bo‘lganidir”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Ya’ni qaysi nikohda qancha mashaqqat kam bo‘lsa, osonlik bo‘lsa, xarajatlar kam bo‘lsa, ana o‘sha nikoh eng ko‘p barakali nikoh bo‘ladi. Bunday nikoh barakasidan er-xotin hayotida ham quvonchlar va xayr-barakalar bo‘ladi.

Buning aksicha, qaysi nikohda turli xil rasm-rusumlar va urf-odatlar bo‘lsa, shariatga xilof ishlar bo‘lsa, mol-mulklar zoye bo‘lsa, u Alloh ta’oloning noroziligiga sabab bo‘ladi va uning bebarakaligi yangi qurilgan oila hayotiga ham ta’sir qiladi.

Ayni shu sababli odamlar minglab pul sarflab qizlarini turmushga uzatadilar. Afsuski, qizlari bir-ikki kunda yig‘lab uylariga qaytib keladi. Go‘yoki nikohning asli bo‘lgan ruh chiqib ketib bo‘lganu, murda boqiy qolgandekdir.

"Azdvaaji zindagi ke sunehri usul" kitobidan 

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!