Endi hududiy ichki yo‘llar jamoatchilik fikri asosida ta’mirlanadi

Endi hududiy ichki yo‘llar jamoatchilik fikri asosida ta’mirlanadi

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5250-son, 22.09.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrgacha:

➖ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 1 mlrd so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tuman va shaharlar uchun qo‘shimcha 57,9 mlrd so‘m;

➖ “Ochiq byudjet” axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

2022 yil 1 yanvardan tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi.

Shuningdek, fuqarolarning tashabbusli byudjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi bo‘yicha hududlar reytingi joriy etiladi.

Har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko‘maklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!