Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumottga ko‘ra, ayni vaqtda oliy ta’lim tizimi jarayonlari raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoit yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

  • bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
  • diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikasiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!