Endi bolalarni oila kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uyiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

A A A
Endi bolalarni oila kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uyiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 noyabr kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyaga berish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi. Bunda avvalo vasiylik, homiylik yoki farzandlikka berish qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtisoslashtirilgan muassasaga eng so‘nggi chora sifatida joylashtiriladi.

Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambag‘al oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga to‘lguncha bog‘cha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamg‘armasidan kompensasiya beriladi.

Bolalar uylarida «Onalar maskani» tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda kasb egallashiga ko‘maklashiladi. Bu kabi xizmatlarni tashkil kilishda nodavlat tashkilotlari ham keng jalb qilinadi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar «Inson» markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi.

Endi bolalarni oila kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uyiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

Etim bolalarni aniqlash, ularni tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar ma’lumoti «Ijtimoiy himoya» axborot tizimida yuritiladi. «Inson» markazlari bolalarning qonuniy vakili etib belgilanadi hamda huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Shuningdek, bu markazlar tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitini, yordamlarning maqsadli ishlatilishini va tarbiyaga olgan shaxslar majburiyatlarini monitoring qilib boradi.

Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida belgilanadi. Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limni tugatgunicha yashash va parvarishlash xarajatlari to‘lanadi.

Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, shu sohada yana bir hujjat – «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida» qonun ma’qullangan. Unda bu boradagi huquqiy asoslar mustahkamlanib, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari aniq belgilangan. Prezident ushbu qonunni imzoladi.

Taqdimotda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga qaratilgan takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Yurtimizda 19 ta parasport turi bilan shug‘ullanishga sharoit yaratilgan. 25 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, davlat sport maktablarida adaptiv sport bo‘yicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilmoqda.

«ERP-sport» elektron tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida hisobini yuritish orqali ularning imkoniyatiga mos sport turlari avtomatik aniqlanadi.

Reabilitasiya markazlarida jismoniy terapiya, mexanoterapiya, fizioterapiya kabi zamonaviy reabilitasiya usullarini qo‘llash kengaytiriladi.

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham e’tibor kuchaytiriladi. Bu yo‘nalishda xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lganlar hamda ularning murabbiylarini moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

Davlat rahbari bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.