Emomali Rahmon Rog‘un GESining birinchi agregati ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda raqsga tushdi (video)

Emomali Rahmon Rog‘un GESining birinchi agregati ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda raqsga tushdi (video)

17 noyabr kuni Dushanbe shahrining «Navro‘zgoh» majmuasida Rog‘un GESining birinchi agregati ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «daryo» xabar bermoqda.

Tantanada Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi. U o‘g‘li, Dushanbe meri Rustam Emomali bilan faxriy mehmonlar minbaridan turib marosimda ishtirok etayotgan san’atkorlarni qutladi.

«Navoi Badaxshon» ansambli «Koshonai nur» qo‘shig‘ini ijro etganda esa Tojikiston rahbari ham raqsga tushdi. «Navro‘zgoh»da to‘planganlarning barchasi qarsak chalib, uni olqishlab turdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!