Elnur Abduraimov professional boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)

Elnur Abduraimov professional boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)

10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promoutions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi.

Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov bu oqshomda professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazdi. U braziliyalik Aelye Meskuitaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Shu tariqa, Abduraimov professional ringdagi uchinchi jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, havaskor boksda 64 kg vazn toifasida ishtirok etgan, «Uzbek Tigers» jamoasi sobiq a’zosi bo‘lgan Elnur Abduraimov shu yilning fevralida professional boksga o‘tgandi.

U 30 sentyabr kuni prof ringdagi debyutini o‘tkazgan va ilk jangda amerikalik Aron Hollinsni nokautga uchratgandi.

Shu yilning 18 oktyabrida esa u Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida amerikalik Jovanni Gonsalesni polga qulatib, ikkinchi jangida g‘alaba qozongandi.

Aelye Meskuita professional ringda shu vaqtgacha 19 jang o‘tkazib, 17 g‘alabaga erishgan va 2 marta mag‘lub bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!