Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkor M.J. va “O‘z.” AK Xorazm filiali mas’ul shaxslari tuman telekommunikasiyalar bog‘lamasi binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 149,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.S.” MCHJ rahbari O‘.E. Buxoro shahar “Alpomish” ko‘chasida joylashgan quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 109,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!