O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Istanbulning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotospor.com nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Turkiya Superligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Fenerbahche” Shomurodovni transfer qilish masalasida “Bashakshehir” bilan muzokara o‘tkazgan. Istanbul klubi futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq Eldorning transferi uchun 20 million yevro talab qilmoqda.
“Bashakshehir” Shomurodov transferi uchun jami 5,7 million yevro sarflagan. Klub mavsum boshida futbolchini 3 million yevro evaziga “Roma”dan ijaraga olgan edi. 2026 yil fevral oyida shartnomadagi 2,7 million yevroga sotib olish bandi faollashtirilgan. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, futbolchining keyingi transferidan olinadigan foydaning 10 foizi “Roma”ga beriladi.
Ayni paytda “Fenerbahche” Turkiya chempionati turnir jadvalida 46 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Klub yetakchi “Galatasaroy”dan 3 ochkoga ortda qolmoqda. Sentyabr oyidan beri jamoani germaniyalik Domeniko Tedesko boshqarib keladi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2025 yil yozidan buyon “Bashakshehir” safida to‘p surib kelmoqda. Hujumchi shu vaqtga qadar klub tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. Ayni paytda u Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, chempionat doirasida 14 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.