O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadilar

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Mamlakatimiz yetakchisi so‘zining avvalida Pokistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va o‘tkazilgan samarali muzokaralar uchun ushbu mamlakat hukumati rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Jadal rivojlanayotgan Pokiston O‘zbekistonning ishonchli strategik sherigi ekanligi alohida ta’kidlandi. Pokiston Bosh vaziri rahbarligida xalq farovonligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va mamlakatning xalqaro mavqeini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar O‘zbekistonni xursand qilayotgani aytildi.

Shuningdek, ushbu tashrif O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganining besh yilligida o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

So‘nggi besh yilda o‘zaro savdo 2,5 baravarga, qo‘shma korxonalar va loyihalar soni esa qariyb 3 baravarga oshdi. Yaqin kelajakda savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo‘yildi. 3,5 milliard dollarlik istiqbolli savdo va investisiya bitimlarining portfeli shakllantirildi.

Muzokaralar yakunida Qo‘shma deklarasiya va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 30 ga yaqin muhim hujjat imzolandi.

Ertaga Pokistonning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mintaqaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish orqali Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini birgalikda mustahkamlashga intilish qat’iy ekani bildirildi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorlik qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Pokistonning 2025-2026 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosi sifatida tinchlik va xalqaro barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.

Farmasevtika, to‘qimachilik, elektrotexnika, tog‘-kon va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Transport va logistika aloqalarini rivojlantirish hamda biznes uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida bu yil O‘zbekistonda birinchi Hududlararo forumni o‘tkazishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, birgalikda madaniyat haftaliklari va kinofestivallarni tashkil etish hamda buyuk mutafakkirlarning ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish va ommalashtirish rejalashtirilmoqda.

Islomobod ko‘chalaridan biriga Toshkent nomi berilgani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirildi.

Prezidentimiz, o‘z navbatida, Pokiston poytaxtida buyuk davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ni bunyod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini e’lon qildi. Bu Pokiston xalqiga mamlakat mustaqilligi bayrami nishonlanishi arafasida munosib tuhfa bo‘ladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori ilmiy unvonlari berilgani uchun Pokistonga alohida minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev nutqining yakunida barchani bo‘lajak Pokiston kuni bayrami va yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Trampning ikki-to‘rt oy umri qolganmi?

Трампнинг аломатлари 2016-йилги сайловлардаги ғалабасидан олдин пайдо бўлган ва президент жамоаси унинг ҳолатини яширмоқда

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berishidan manfaatdormi?

Бу ҳақда Axios нашри хабар тарқатмоқда.

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Воқеа жойига ФВВ қутқарувчилари ва бошқа тегишли хизматлар етиб борган. Ҳозирда вазият оқибатлари бартараф этилмоқда.

AQSh Moliya vazirligi rahbari: Eron butun dunyo bo‘ylab banklarga pul o‘tkazmoqda

АҚШ молия вазири Скотт Бессентнинг айтишича, Эрон расмийлари гўёки Америка босими фонида бутун дунё бўйлаб банкларга пул ўтказмоқда.

"Bu yer Ronaldu Arabistoni emas"

Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.

Eronning ikkita qurilishi tugallanmagan yadroviy ob’ektida faollik aniqlandi

Бу ҳақда The New York Times хабардор манбаларга таяниб хабар берди.

Ilon Mask Rossiya dronlariga Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishini chekladi — The Insider

SpaceX раҳбари Илон Маск компания “Россия томонидан Starlink'нинг рухсатсиз қўлланилишини тўхтатиш” учун чоралар кўрганини маълум қилди.

Turkiya Isroilning Eronga qarshi ehtimoliy hujumining asosiy nishonini oshkor qildi

Туркия ташқи ишлар вазири Ҳакан Фидан бу ҳақда Al Jazeera телеканалига берган интервьюсида маълум қилди.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

"Eypshteyn ishi": Samarqandlik moliyachi qizning bu jinoyatchiga qanday aloqasi bor?

Жеффри Эпштейнга оид ҳужжатлар ошкор бўлишда давом этмоқда. Интернетга сизиб чиққан навбатдаги ҳужжатларда Самарқанд вилоятидан бўлган қиз билан олиб борилган ёзишмалар ҳам қайд этилган.

Tramp o‘zidan keyin kim prezident bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi

Трамп президентликка ёши халал бераётгани ҳақидаги эътирозларга эҳтимолий ворислар масаласини тилга олиб жавоб қайтарди

AQShning dunyodagi ustun mavqega ega davlat sifatidagi imkoniyatlari tugadi

Бу ҳақда Дмитрий Медведев RIA.ru сайтида чоп этилган муаллифлик мақоласида ёзган.

Isroilda portlash sodir bo‘ldi

Бу ҳақда The Jerusalem Post нашри Рамбам тиббиёт маркази вакилига таяниб хабар берди.

Tramp: "O‘z xavfsizligimdan xavotirdaman"

Америка етакчиси бу баёнотни NBC News телеканалига берган интервьюсида айтди.

“Navoiyazot” mansabdori ekologiyani ifloslantirganligi uchun jarimaga tortildi

Навоий вилояти Экология бошқармаси ходимлари томонидан “Навоийазот” акциядорлик жамиятида текширув ўтказилган.

Nigeriyaning g‘arbidagi hujumda kamida 162 kishi halok bo‘ldi — yangilandi

Бу ҳақда The Guardian нашри хабар берди.

"Shayton trusik": Instagramda ichki kiyimlarini behayo reklama qildirgan tadbirkorning ishi sudga oshirildi

Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga yirik hujum uyushtirdi

Россия “бир ҳафталик танаффус” деб аталган даврдан сўнг Украина энергетика объектларига кенг кўламли ракета ва дрон зарбаларини йўллади.

Darknetda nimalar tarqaldi?

Ички ишлар органларига тегишли шахсий маълумотларнинг тарқалиши ҳам электрон ҳукумат OAuth сервери бузилгани билан боғлиқ бўлиши мумкин.

Rossiyaning Ufa shahridagi maktabda o‘quvchi straykbol avtomati bilan otishma uyushtirdi

Ўсмир аллақачон қўлга олинган. Вазият назорат остида, тафсилотларни аниқлаштирмоқда

Samarqandda velosipedchi ketma-ket ikki avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, дастлаб велосипедчини юк машинаси уриб юборган ва зарба оқибатида у йўлга йиқилган.

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Қўмита маълумотига кўра, бу сўнгги бир ой ичида чегарада қайд этилган шунга ўхшаш ҳолатларнинг бешинчиси.

Aviator savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Қайд этилишича, ёнғиндан кейин вайроналар остидан 2023-йил май ойида туғилган қизнинг жасади топилган.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.