Germaniyaning nufuzli fussballfieber.de sport nashri 2026 yilda Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadigan terma jamoalar — Kyurasao, Iordaniya va Kabo-Verde qatorida O‘zbekiston terma jamoasi haqida maxsus maqola e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bungacha o‘zbekistonlik futbolchilar yetti bor mundial yo‘llanmasi uchun kurashgan, biroq har safar omad yetishmagan. Muxlislar tomonidan mehr bilan “Oq bo‘rilar” deb ataladigan terma jamoa nihoyat 2025 yil 5 iyun kuni sakkizinchi urinishda tarixiy maqsadga erishdi.
BAA terma jamoasiga qarshi 0:0 hisobidagi durang O‘zbekistonga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi. FIFA reytingida o‘sha vaqtda 58-o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston shu tariqa Markaziy Osiyodan JChga chiqqan ilk davlatga aylandi. Aholisi qariyb 37 million bo‘lgan mamlakat JCH–2026 turniridagi eng yirik debyutant sifatida qayd etildi. Saralash bosqichida o‘zbekistonliklar 2022 yilgi mundial mezboni Qatarni ham ortda qoldirdi.
G‘alaba va e’tirof
Tarixiy natija mamlakat bo‘ylab katta shodiyona bilan qarshi olindi. BAAga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilar vaqtinchalik bosh murabbiy Timur Kapadzeni ramziy tarzda suv sepish orqali tabrikladi. Albatta, alkogolsiz, chunki O‘zbekiston musulmon mamlakatidir.
Muvaffaqiyat davlat darajasida ham e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatiga chiqqan barcha futbolchilarni faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi. Shuningdek, har bir futbolchiga yangi avtomobil sovg‘a qilindi.
“Oq bo‘rilar” yetakchilari
2026 yilgi JChda O‘zbekiston terma jamoasini ikki muhim shaxs boshqaradi. 2025 yil oktyabridan buyon jamoani Fabio Kannavaro boshqarib kelmoqda. Qiziq jihati shundaki, bu lavozim dastlab germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyovga taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan. Natijada 2006 yilgi Jahon chempioni bo‘lgan italiyalik murabbiy o‘zbekistonlik futbolchilarni mundialga tayyorlamoqda.
Jamoa yetakchilaridan biri — himoyachi Abduqodir Husanov. U 2025 yil yanvardan buyon Pep Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” safida to‘p surmoqda va Angliya Premer-Ligasida o‘ynayotgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.
Mundial sinovlari
JCH–2026 turnirida O‘zbekistonni jiddiy sinovlar kutmoqda. “K” guruhi doirasida “Oq bo‘rilar” 2016 yilgi Yevropa chempioni Portugaliya va afsonaviy Krishtianu Ronalduga qarshi bahs olib boradi. 41 yoshli Ronaldu ehtimoliy so‘nggi JChda bir qator rekordlarni yangilashni ko‘zlamoqda, jumladan, mundialda ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchi va eng yoshi katta gol muallifi sifatida.
Shuningdek, O‘zbekiston Kolumbiya va yana pley-off orqali aniqlanadigan terma jamoaga qarshi maydonga tushadi. Debyutant bo‘lishiga qaramay, “Oq bo‘rilar” faqat tajriba orttirish bilan cheklanmaydi — ular guruhdagi uchinchi o‘rin orqali pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘zlamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Бу хабар Кремл матбуот котиби Дмитрий Песков орқали расман эълон қилинди. Унинг айтишича, “музокараларни бошқа жойда ўтказиш ҳақида гапириш мақсадсиз”.
2004 йилда Франция ҳукумати мамлакат олтин захираларининг катта қисмини сотишга қарор қилган эди. Ўша йили давлат захирасидаги 589 тонна олтин, яъни умумий захиранинг қарийб 20 фоизи, бозорга чиқарилди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.