Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi
Vazirlar Mahkamasi qarori (40-son, 30.01.2026 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
📝 Hukumatning 2018 yil 7 maydagi 341-son qaroriga (https://lex.uz/docs/3730228) kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizom talablari davlat tashkilotlari xodimlarining Prezident Virtual qabulxonasi bilan ishlash tizimida ro‘yxatga olingan va davlat organiga ijro uchun yo‘naltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
▶️ Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati quyidagi murojaatlar sonidan kelib chiqib toifalarga ajratiladi:
▪️ ro‘yxatga olingan;
▪️ qanoatlantirilgan;
▪️ rad etilgan;
▪️ ijro muddatlari buzilgan;
▪️ takroriy.
❇️ Murojaatlar bilan ishlash faoliyati tahlil natijalariga asosan 3 toifaga ajratiladi:
🟢 yuqori natijadorlikka ega - yashil toifa;
🟡 o‘rta natijadorlikka ega - sariq toifa;
🔴 past natijadorlikka ega - qizil toifa.
🔗 Baholash natijalariga ko‘ra davlat organlari mansabdor shaxslarining KPI ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilanadi:
▫️ yashil toifa - 100 foiz;
▫️ sariq toifa - 50 foiz;
▫️ qizil toifa - 10 foiz.
🔺 "Qizil" toifaga kiritilgan davlat organlarining rahbarlari yoki ularning tegishli o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin.
